Turk lirasining kursi 5 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 13:54 holatiga köra 1,15 foizga pasayib, bir dollar uçun 21,17 lirani taşkil qildi. Bu bir dollar uçun 21,8 liraga teng bölgan ötgan haftadagi rekord darajaga yaqin, deb yozadi Reuters.
Lira yangi moliya vaziri tayinlanişiga qaramay, pasayişda davom etyapti. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 3 iyun kuni Mehmet Şimşekni Ğaznaçilik va moliya vazirligiga rahbar etib tayinladi. Ilgari u Merrill Lynch kompaniyasining London bölimida, söngra moliya vaziri, Turkiya boş vaziri örinbosari lavozimlarida işlagan. 2018 yilda Erdöğan kuyovi Berat Albayrakni Moliya vazirligi rahbari etib tayinlaganidan söng u hukumatni tark etgan edi.
Şimşekning tayinlanişi Erdöğan mamlakatning iqtisodiy siyosatini özgartirişga tayyor ekanligini körsatişi mumkin. Yangi vazir an’anaviy pul-kredit siyosatiga qaytişni, jumladan, asosiy stavkani oşirişni yoqlaydi, deb yozadi Financial Times. Bloomberg manbalariga köra, Şimşek Erdöğan bilan qayta saylanganidan söng ötkazgan uçraşuvda qaytişi şarti sifatida mustaqil pul-kredit siyosati olib boriş imkoniyatini ilgari surgan.
Şişmekning özi 4 iyun kuni Turkiya iqtisodiyoti «oqilona asosga qaytişdan boşqa çorasi yöqligini» aytdi. «Oşkoralik, izçillik, taxmin qila oliş va xalqaro me’yorlarga rioya qiliş bizning asosiy tamoyillarimiz böladi», deb va’da berdi u.

















