Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakat fuqarolarini jamğarmalarini lirada saqlaşga çaqirdi.
"Barça fuqarolarimiz jamğarmalarini öz valutamizda saqlaşlarini xohlayman va buni tavsiya qilaman. Unutmaylik, öz pullarimizdan möljal sifatida foydalanmasak, inqirozga uçraymiz. Turkiya lirasi, bizning pulimiz, biz u bilan olğa harakat qilamiz. Boşqa valuta bilan emas", dedi u.
Turkiya milliy valutasi 2021 yil davomida öz qiymatining yarmidan köproğini yöqotdi. 20 dekabrda mahalliy valuta kursi rekord darajada pasaydi – bir dollar 18,41 liraga teng böldi.
Tahlilçilar valuta inqirozida markaziy bank asosiy stavkasini tuşiriş yöli bilan inflatsiyaga qarşi kuraşişga qaror qilgan Erdöğanni ayblamoqda.

















