Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Şavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Emomali Rahmon Mustaqillik maydoniga taşrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi.


Gul qöyiş marosimidan söng Köksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boşlanadi. Muzokaralar avval tor, söng keng doirada ötkaziladi.
Muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.











