Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi «noqulay harbiylardan» qutuliş uçun öziga qilingan suiqasd işidan foydalanmoqda. Bu haqda El Nuevo Herald naşri ekspertlar va sobiq harbiylarning fikriga asoslanib yozmoqda.
4 avgust kuni Venesuela rahbariga suiqasd qilindi. Karakasdagi hujumda jinoyatçilar portlovçi qurilmaga ega drondan foydalanişdi. Venesuelaning El Nacional naşri rahbari Migel Otero portlaş videosini e'lon qildi, unda dron Maduro nutq sözlayotgan joyning ustida portlaşi tasvirlangan.
Gazetaning yozişiça, bu haftada uç nafar zobit, ikki general va bir polkovnik hibsga olindi. Yuqori mansabli amaldorlarning hibsga olinişi şuni körsatmoqdaki, Nikolas Maduro rejimi bu «terakt»dan - Venesuela hukumati prezidentga qilingan suiqasdni aynan terakt sifatida baholamoqda - mamlakat Milliy qurolli kuçlarini «tozalaş»da foydalanmoqda, deya yozadi gazeta.
Materialda ta'kidlanişiça, Maduroga qilingan suiqasdda gumonlanib hibsga olinganlar - bu Venesuela yetakçisi qutulişga harakat qilayotgan va noqulay bölgan odamlardir.
Şu tariqa, Maduroga qilingan suiqasd böyiça iş Venesuela hukumati tomonidan işonçsiz yoki xavfli deb hisoblangan kişilarni yöqotiş uçun foydalaniladi, deydi mutaxassislar va iste'foga çiqqan harbiylar.
«Ular (Venesuela hukumati) barçani boşqaradi, sudlarni butunlay nazorat qiladi va har qanday kişiga qarşi istalgan işni öylab topşii mumkin», - deya aytib ötdi venesuelalik iste'fodagi zobit Karlos Molina Tamayo.
Öz mamlakatidagi harbiylarning sadoqatiga şubha bilan qarayotgan Maduro bu hujumdan davlatda qörquvni yuzaga keltirişda foydalanib, şu tariqa har qanday muxolifatçi terrorizm va fitnada ayblanişi mumkinligini körsatmoqda.












