Tesla kompaniyasi xavfsizlik xizmati sobiq xodimi AQŞ qimmatli qoğozlar va birja Komissiyasi (SEC)ga şikoyat yubordi. Unga köra, Tesla Nevada ştatida joylaşgan kompaniyasidagi jinoiy harakatlarga befarq qaragan. Bu haqida New York Post naşri xabar bermoqda.
Karl Xansenni himoyalovçi Meissner Associates yuridik firmasi bayonotida Tesla Gigafactory zavodidagi ayrim xodimlarning narkotik savdosi böyiça iştiroki töğrisida huquqni muhofaza qiliş organlariga xabar berişdan boş tortganligi haqida yoziladi. Şuningdek, kompaniya rahbari Ilon Mask xodimlarning telefon qönğiroqlari va kompyuterlarini şaxsan nazorat qilganligi aytilmoqda.
Tesla rahbariyati şikoyatdagi ayblovlar asossiz ekanligini izohladi. “Qöyilgan ayblovlar asossiz, şuning uçun qöşimça suriştiruv işlarini amalga oşirilişini talab qilamiz. Olingan ma'lumotning aniq manbasini aniqlaş kerak”, - deya axborot berdi Tesla vakili.











