Toşkent şahar IIBB kafedagi «maska şou»ga izoh berib, masalaga oydinlik kiritmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri şahar IIBB Matbuot xizmati tarqatgan ma'lumotga tayanib xabar bermoqda.
«Içki işlar organlari umumiy ovqatlaniş joylari va tungi soatlarda xizmat körsatuvçi kafe-klublarning işlaş soatlarini belgilamaydi. Bu böyiça hukumat tegişli hujjatni e'lon qilgan. IIB xodimining vazifasi öziga yuklatilgan vazifalar hamda belgilangan qonun, hukumat e'lon qilgan hujjatlarni amalga oşirilişiga kömak beradi.
Joriy yil 1 iyuldan boşlab, Toşkent şahrida «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi asosida Toşkent şahar IIBB, Milliy gvardiya va jamoatçilik guruhlarining hamkorlikdagi uzluksiz patrullik tizimi yölga qöyildi. Unga köra, 3 smenali patrul guruhlari şahar osoyiştaligini ta'minlaşga mas'ul etib tayinlangan», deya masalaga oydinlik kiritdi IIB rasmiy vakili.
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan videodagi voqea qaçon sodir bölgani noma'lum, ammo joyi aniq.
«Toşkentdagi «Letniy sad» va «Vaçaç» klublari kuzatuv kamerasiga tuşib qolgan tasvirlar ayrim hollarda notöğri talqin etilmoqda. Masalan, bu jarayonni rejalaştirilgan reyd, deb bölmaydi. Bu joyga yetib kelgan IIB xodimlari ham «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi böyiça harakatlanib borayotgan patrul guruhidan bölgan. Uçastka profilaktika noziri aholining osoyişta dam olişiga xalaqit qilayotgan kafe mutasaddilari bilan suhbatlaşişga harakat qilgani zoye ketgaç, patrul guruhi xodimlari kömakka kelgan. Ammo, eşik ular uçun ham oçilmadi, göyo heç qanday tartib va qoidani bilmasligini aytgan qöriqçilar militsiya xodimining qonuniy talabiga böysunmagan.
Şuningdek, ovqatlaniş zalida ötirgan ayrim xörandalar ham qonuniy talabni bajarişdan boş tortdi. Huquq-tartibot organlari xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan kuç işlatişga majbur bölgan. Şunga qaramay, tasvirda tartibli oilaning qonuniy talablarga böysunib, ovqatlanişni tugatgaç, binodan çiqib ketayotganini ham köriş mumkin», deydi Toşkent şahar IIBB rasmiy vakili.
Ma'lum qilinişiça, garçi IIB xodimlari harakati qonun doirasida amalga oşirilgan bölsa-da, xodimlarning faoliyatini yanada sifatli darajaga olib çiqiş maqsadida, ularga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda.











