Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi. Sohibqiron bobomiz ruhi pokiga Qur'on tilovat qilindi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Ma'lumki, Amir Temur mintaqamizdagi o‘nlab o‘lkalarni ishg‘ol qilib, ulkan imperiya barpo etgan. Qo‘shni mamlakatlar, jumladan, hozirgi Tojikiston hududi ham ushbu davlat tarkibida bo‘lgan. Shu jihatdan, Sohibqiron tarixi xalqlarimiz uchun umumiydir.
Mehmonlarga Amir Temur hayoti, ushbu maqbara qurilishi haqida so‘zlab berildi.
Tojikiston prezidenti o‘zi uchun Amir Temur va temuriylar davlati tarixiga oid yangi jihatlarni kashf etganini ta'kidladi, deyiladi xabarda.





Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026