Birlaşgan Millatlar Taşkilotining sobiq boş Kotibi Kofi Annan 80 yoşida vafot etdi. Bu haqda BMTning Migratsiya böyiça taşkiloti Twitter’dagi öz mikroblogida xabar berdi.
«Bugun biz buyuk inson, yetakçi va vizioner - BMT sobiq boş kotibi Kofi Annan oramizni tark etganidan çuqur qayğudamiz», - deyiladi taşkilot xabarida.
Kofi Annan 1938 yil 8 aprelda Oltin Qirğoq (hozirgi Gana) ingliz koloniyasi hududida viloyat gubernatori, Fante qabilasi yetakçisining merosxöri oilasida tuğilgan.
Otasi öğlining kelajagiga katta ta'sir körsatdi va Kofining Ganadagi Kumasi Ilmiy-texnika universiteti ta'lim olişiga yordam berdi. Öqişni tugatgan Kofi iqtisod bilan şuğullana boşlagan, söng AQŞning Minnesota ştati Sent-Pole şahridagi Makalester kollejiga köçib ötgan.
Şu yillar mobaynida Kofi ilmiy tadqiqotlar olib borişga va ilmiy darajaga ega bölişga qaror qiladi, şuning uçun u Jyenevadagi (Şveytsariya) Xalqaro muammolarni örganiş böyiça oliy instituti aspiranturasiga kiradi.
Oradan 10 yil ötgaç, Kofi Annan Sloun stipendiyasini oldi hamda Massaçusets texnologiyalar institutiga yöl oldi. U yerda Annan boşqaruv böyiça magistr darajasini oldi.
Şundan söng, Kofi Annan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tizimiga işga ötdi. U Jyenevada Jahon soğliqni saqlaş taşkilotida ma'muriy va byudjyet masalalar bilan şuğullandi.
Uşbu lavozimidan söng, u Adis-Abebe (Efiopiya)da Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Afrika uçun iqtisodiy komissiyasida, Ismoiliyada (Misr) Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Şoşilinç kuçlari tarkibi a'zosi, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Jyenevadagi Qoçqinlar işi Oliy Komissariyatida mehnat qildi. Keyinçalik Nyu-Yorkdagi (AQŞ) Birlaşgan Millatlar Taşkilotining boş qarorgohida boş kotib örinbosari sifatida xizmat qildi.
Kofi Annan 1997-2006 yillarda BMTning yettinçi boş kotibi bölgan, 2001 yilda Inson huquqlari sohasidagi sa'y-harakatlari uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Kofi Annan 2002 yilda Özbekistonga uç kunlik taşrif bilan kelib, mamlakat birinçi prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralar ötkazgan.













