Qozoğistonning Olmaota viloyati, Rayimbek tumanida yaşovçi Nurlan Jartibekov 3 kun, ya'ni 72 soat içida eni 30 sm, uzunligi 43 metr keladigan şarf töqidi.

Qozoğiston rekordlar kitobiga rekordlarni qayd qiliş departamenti direktori Bakitjan Tastulekov Nurlanga Qozoğiston rekordlar kitobi — KinES-2018’ga 72 soat davomida tinimsiz töqigan kişi sifatida kiritilgani haqidagi sertifikatni topşirgan.

“Ota-onamning aytişiça, men 5 yoşimdan boşlab töqiyman. Köpçilikka bu erkaklar işi emasdek tuyulişi mumkin, biroq asosiysi bu menga yoqadi. Men avvalroq közi yumuq holda töqiş böyiça Qozoğiston rekordini örnatgandim, endi esa 3 kun töxtovsiz töqib, yana bir rekordni örnatdim”, deb aytgan Jartibekov.

Rekordçi avvalroq Braziliyada örnatilgan jahon rekordini yangilagan bölişi ham mumkinligi aytilmoqda. Unga köra, braziliyalik erkak 64 soat davomida töxtovsiz töqigan.