Madridning «Real» klubi «Inter» ustidan FIFAga arz qildi.
La Gazzetta dello Sport xabariga köra, Qirollik klubi «kök-qoralar»ning yarimhimoyaçi Luka Modriç bilan muzokara ötkazganidan norozi böldi.
Xorvatiyalik futbolçining «Real» bilan imzolagan uzoq muddatli şartnomasi borligi tufayli, «Inter» u bilan muzokara ötkaziş uçun, oldin klubning roziligini olişi lozim edi.
Natijada, «Inter» FIFA qoidalariga zid iş qildi va endi jazolanişi mumkin.












