Bugun Respublika oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim şakliga kiriş test sinovlarining ikkinçi kuni – 18 avgustda davom ettirildi.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 17 avgust kuni test sinovlari ötkaziladigan 47ta binoga yetkazildi.

Test sinovlari barça oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtda 8:00da boşlandi. Test sinovlarida 16ta oliy ta'lim muassasalarining 17ta ta'lim yönalişida 21 ming 904 nafar abituriyent iştirok etmoqda.

Tezkor ma'lumotlarga köra, 1 695 nafar abituriyent turli sabablarga köra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 16 nafar abituriyent hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga va özgani örniga kirişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirildi.

Barça test sinovlari ötadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boşlanadi.

Şu kunning özida test sinovlari natijalari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma'lumotlar test sinovlari 1-smenada tugaganidan söng taqdim etiladi.