Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 17 avgustda “petro” kriptovalyutasi qiymati va mamlakatda 20 avgustdan kiritiladigan yangi eng kam iş haqi miqdorini e'lon qildi. Mamlakat 20 avgustdan yangi, denominatsiya qilingan valyuta – suveren bolivarda muomala qilişga ötadi. 

Maduroning aytişiça, bir “petro” 60 dollar yoki 3,6 ming yangi bolivarga (360 mln denominatsiya qilinmagan bolivar) teng böladi. Şu bilan birga “qora bozor”dagi dollar kursi hozirda 5,9 mln eski bolivarni taşkil qilmoqda. Amaldagi bolivardan 5 ta nol olib taşlanadi.

Mamlakatdagi eng kam iş haqi yarim “petro”, ya'ni 1,8 ming yangi bolivar yoki 180 mln eski bolivarni taşkil qiladi. Bu esa eng kam iş haqining keskin – 60 marta oşirilişini anglatadi. Hozirda bu qiymat 3 mln bolivarni taşkil qilmoqda.

Şuningdek, mamlakatda qöşilgan qiymat soliği 12 foizdan 16 foizgaça kötariladi. 

Avvalroq Maduro 20 avgustdan Venesuelada 2 ta valyuta – bolivar va “petro” amal qilişini aytgan. Şu bilan birga eski bolivarlar ham töliq muomaladan yöqolgunça amal qiladi. Yangi suveren bolivar “petro”ga boğlab qöyiladi. 

Venesuela joriy yilning 20 fevralida neft bilan ta'minlangan “petro” kriptovalyutasini muomalaga kiritib, neft zaxiralari bilan qöllab-quvvatlanuvçi öz kriptovalyutasiga ega ilk davlatga aylangandi.