Özbekiston erkin kuraş jamoasi yetakçisi Behzod Abdurahmonov Osiyo öyinlari finaliga yöl oldi.
74 kg vazn toifasida iştirok etuvçi uşbu sportçi yarim finalda yaponiyalik Yuhi Fujinamiga heç qanday imkoniyat qoldirmadi - 11:1 (8:1, 3:0).
Endi Bekzod Abdurahmonov finalda Qozoğiston vakili Daniyar Kaysanovga qarşi gilamga çiqadi. Qozoğistonlik sportçi yarim finalda janubiy koreyalik Gong Byungminni 12:8 hisobida mağlubiyatga uçratib, finalga çiqqan.
Özbekistonning 86 kg vazn toifasidagi vakili Raşid Qurbonov esa çorak finalda möğulistonlik Ordogal Uytumenga mağlub böldi - 2:6 (0:6, 2:0). Endi u raqibining turnirdagi keyingi iştirokiga qarab bronza medal uçun kuraşişi mumkin böladi.





















