Bugun, 19 avgust kuni Jakartada Osiyo öyinlarida asosiy musobaqalar bölib ötmoqda.
Turnirga kelgan 5 nafar özbekistonlik erkin kuraşçi bugun bahslarni boşlaşdi.
Dastlab 57 kg vazn toifasidagi Maxmudjon Şavkatov saralaşda iştirok etib, pokistonlik Bilol Muhammadni 7:2 hisobida mağlub etdi va nimçorak finalda iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Keyingi bosqiçda unga filippinlik Lobregito Alvin raqiblik qildi. Şavkatov bu raqibini ham osonlik bilan mağlub etdi (11:2) va çorak finalga yöl oldi. Endi yarim final yölida u möğulistonlik Erdenebat Bekbayarga qarşi gilamga çiqadi.
Özbekistonning 65 kg vazn toifasidagi vakili Sirojiddin Hasanov esa turnirdagi iştirokini barvaqt yakunladi. U nimçorak finalda Hindiston vakili Bazirang Bazirangga imkoniyatni boy berib qöydi (3:13).
74 kg vazn toifasida iştirok etuvçi Behzod Abdurahmonov jangsiz çorak finalga yöl oldi, uning nimçorak finaldagi raqibi yamanlik Muhammad Hasan gilamga çiqişdan boş tortdi va Özbekiston vakiliga texnik ğalaba yozildi. Endi Abdurahmonov çorak finalda Davlatmurat Örazgaliyev (Turkmaniston) va Mustafo Husaynxon (Eron) juftligi ğolibiga qarşi gilamga çiqadi.
86 kg vazn toifasida Raşid Qurbonov saralaşdan muvaffaqiyatli ötdi. U falastinlik Alhoji Vailga imkoniyat qoldirmadi (10:0). U endi nim çorak finalda yaponiyalik Şirai Şotaga qarşi bahs ötkazadi.
Özbekistonning 97 kg vazn toifasidagi vakili Magomed Ibragimov esa nimçorak finaldan osonlik bilan ötdi. U xitoylik Yang Çaoqiangni mağlubiyatga uçratdi (10:0) va çorak finalda hindistonlik Xatri Mavsamga qarşi bahsni kutmoqda.

















