Özbekiston erkin kuraş jamoasining yana bir vakili Osiyo öyinlarida mağlubiyatga uçradi.

Dastlab 65 kg vazn toifasida Sirojiddin Hasanov nimçorak finalda Hindiston vakili Bazirang Bazirangga  imkoniyatni boy berib (3:13), turnirni tark etgandi.

57 kg vazn toifasida iştirok etgan Mahmudjon Şavkatov saralaş bosqiçida va nimçorak finalda osonlik bilan ğalabalarga erişgandi.

Ammo çorak finalda u möğulistonlik Erdenebat Bekbayarga yutqazdi. Özbekiston vakili birinçi raundda 4:1 hisobida ustunlik qilgandi, ammo ikkinçi raund Möğuliston vakilining 4:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi va umumiy hisob 4:5 körinişini oldi.

Endi Erdenebat Bekbayar finalga çiqa olsa, Mahmudjon Şavkatovda bronza medal uçun kuraşiş imkoni böladi.

86 kg vazn toifasida Raşid Qurbonov nimçorak finalda yaponiyalik Şirai Şotaga qarşi gilamga çiqdi va 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Endi u çorak finalda möğulistonlik Ordogol Uytumen bilan bahslaşadi.

Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov erkin kuraş böyiça bahslar keçayotgan zalda Özbekiston vakillarining iştirokini kuzatib bormoqda.

74 kg vazn toifasida iştirok etuvçi Behzod Abdurahmonov çorak finalda eronlik Mustafo Husaynxoniga qarşi gilamga çiqadi.