Özbekiston erkin kuraş jamoasining ikki vakili Osiyo öyinlarida yarim finalga yöl oldi.

74 kg vazn toifasida iştirok etuvçi Behzod Abdurahmonov çorak finalda eronlik Mustafo Husaynxoniga qarşi gilamga çiqdi va 4:2 hisobida ğalaba qozondi (2:2, 2:0).

Endi u yarim finalda final yöllanmasi uçun yaponiyalik Yuhi Fujinamiga qarşi bahs ötkazadi.

Özbekistonning 97 kg vazn toifasidagi vakili Magomed Ibragimov esa çorak finalda hindistonlik Xatri Mavsamni mutlaq ustunlik bilan mağlubiyatga uçratdi - 8:0 (2:0, 6:0).

Magomed Ibragimov final ostonasida eronlik Alirizo Karimmaşaniyga qarşi gilamga çiqadi.

Bundan avvalroq 86 kg vazn toifasida Raşid Qurbonov yaponiyalik Şirai Şotani mağlub etib (4:0), çorak finalga yöl olgandi. U çorak finalda möğulistonlik Ordogol Uytumen bilan bahslaşadi.