Jahon | 07:32 / 19.08.2018
15720
1 daqiqa o‘qiladi

Fiji yaqinida 8,2 magnitudali zilzila yuz berdi

Foto: pixabay

Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismida, Fiji arxipelagi yaqinida 8,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati xabar qildi.

Dastlab zilzila magnitudasi 7,9 ni tashkil qilgani ma'lum qilingan. Zilzila markazi Ndoi orollaridan (Fiji) shimol tomon 290 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 560 km chuqurlikda bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, vayronkor sunami bo‘lishi xavfi yo‘q, chunki zilzila o‘chog‘i juda chuqurda bo‘lgan.

Mavzuga oid