Pokistonning “Tahrik al-Insof” (Adolat uçun harakat) partiyasi yetakçisi Imron Xon 18 avgustda Pokistonning 22-sonli boş vaziri sifatida qasamyod keltirdi.

Xondan qasamyodni mamlakat prezidenti Mamnun Husayn qabul qilib olgan. Marosimda Qur'ondan oyatlar öqilgan va Pokiston madhiyasi yangragan. Marosim Islomoboddagi prezident saroyida bölib ötgan. Unda rasmiy şaxslardan taşqari, yangi boş vazirning sport faoliyatidagi döstlari ham iştirok etişgan. Söngra Xon Pokiston boş vaziri ofisiga yöl olgan. 

Imron Xon 17 avgustda Pokiston boş vaziri lavozimiga saylandi. Unga 272 deputatdan 176 nafari ovoz bergan. Uning asosiy raqibi Şoxboz Şarifga 92 ovoz berilgan.   

Xon 1971 yildan 1992 yilgaça professional sport bilan şuğullanib, kriket böyiça Pokiston terma jamoasi şarafini himoya qilgan va unga 10 yil sardorlik qilgan. 1992 yilgi jahon çempioni hisoblanadi.