Bugun, 19 avgust kuni Özbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyadagi Osiyo öyinlarining 3-turida Tailand terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
Ravşan Haydarov avvalgi turlarda asosiy tarkibda bölgan Dostonbek Hamdamov va Abbos Otaxonov kabi futbolçilarga dam berişga qaror qilgan.
Natijasi u qadar ahamiyatsiz bölgan uçraşuvga Bagordagi «Pakansari» stadioni mezbonlik qiladi. Öyin Toşkent vaqti bilan soat 17:00da boşlanadi.
Birinçi va ikkinçi turlarda özbekistonlik futbolçilar Bangladeş va Qatar olimpiyaçilarini mos ravişda 3:0 va 6:0 hisoblarida mağlubiyatga uçratib, muddatdan avval guruhda birinçi örinni egallagan holda pley-off bosqiçi masalasini hal qilişgandi.
Tailand: 1. Kvançai Suklom, 2. Pavi Tantxamiti, 3. Suriya Singmuy, 5. Şinnapxat Liaox, 6. Pitivat Sukjitxummakul, 7. Noppon Pxonkam, 8. Voraçit Kanitsrimbupen, 9. Çnerop Sampaodi, 10. Çaiyavat Buran, 12. Rattanakorn Maikami, 19, Supaçok Saraçat.
Özbekiston: 1. Botirali Ergaşev, 2. Rustamjon Aşurmatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Akramjon Komilov, 6. Jaloliddin Maşaripov, 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabihillo Örinboyev, 10. Javohir Siddiqov, 14. Ikromjon Aliboyev, 15. Azizbek Turğunboyev, 20. Dostonbek Tursunov.











