Apple korporatsiyasi App Store dökonining xitoyça versiyasidan XXRda noqonuniy hisoblangan minglab öyinlarni öçirdi.
"Pul tikiladigan öyinlar Xitoyda noqonuniy hisoblanib, ularni tarqatiş taqiqlanadi, - deya ma'lum qilindi duşanba kuni Apple'da. - Biz App Store'dan noqonuniy öyinlarni öçirdik va ularni tarqatişga urinayotgan işlab çiqaruvçilarni aniqlaş hamda ularning tizimga kirişini taqiqlaş yölida kerakli çoralarni köramiz".
Apple'ning rasmiy matbuot relizi çiqquniga qadar Xitoyning CCTV telekanali Apple xitoyça App Store'idan 25 ming noqonuniy ilovani öçirgani haqida xabar bergan edi, biroq öçirilgan ilovalar soniga oid ma'lumot tasdiqlanmadi.
Bundan avval Amerika kompaniyasi CCTV tomonidan tanqid qilingan edi, CCTV Apple'ni XXR foydalanuvçilari noqonuniy ilovalardan yetarliça himoyalanmaganida ayblagan.
"Apple öz dökoniga kiriş qoidalarini özi belgilagan, lekin ularga rioya qilmaydi, bu esa App Store'da soxta lotereyalar va pul tikiladigan öyinlarning tarqalişiga olib keldi", - deyilgan CCTV'da körsatilgan syujyetda.

















