Sandiya milliy laboratoriyasi (AQŞ) olimlari insoniyat tomonidan yaratilgan eng bardoşli material deb e'tirof etilayotgan yangi qotişma olişdi. 

Olimlar bu qotişmani sayyoramizda eng kam uçrovçi metallar – oltin va platinadan olişgan. Qotişma 90 foiz platina va 10 foiz oltindan iborat bölib, u qizişga öziga xos ta'sir qiladi, bu esa unga işqalanişda uzoq vaqt deformatsiyalanmaslikka imkon beradi. Olimlarning aytişiça, yangi material şunçalik mustahkamki, undan tayyorlangan avtomobil şinalarida uzunligi 40075 kmni taşkil qiluvçi Yer ekvatorini 500 marta aylanib çiqiş mumkin.

Olimlar qotişmaning noyob xususiyatlarini isbotlaş uçun uni atom darajasida tadqiq qilişgan. Ularning aytişiça, sinovlar vaqtida yangi qotişma öz sirtida qora plyonka hosil qilişi aniqlangan. Bu plyonka olmossimon uglerod bölib çiqqan. Olimlar uşbu materialning bu xususiyatini uning eng qimmatli xususiyati deb hisoblamoqdalar. Bir vaqtda ham grafit kabi silliq, ham olmos kabi qattiq bölgan bu qoplama judla samarali moylovçi hisoblanadi.

Olimlarning ta'kidlaşiça, bu materialni turli elektron qurilmalarda qöllaş mumkin. Agar bu qotişmaning yupqa qatlami bilan harakatçan qismlar (misol uçun, smartfonlarning) qoplab çiqilsa, unda qurilmaning xizmat muddati bir neça marta oşadi. Olimlarning baholaşiça, bu elektron sanoatga yiliga 100 mln dollargaça mablağ tejaş imkonini beradi.