Istirohat boğlari va yaşil zonalarni taşkil etiş metodologiyasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Tasdiqlangan nizomga muvofiq istirohat boğlari aholi punktlarining boş rejalari va batafsil rejalaştiriş loyihalari asosida taşkil etiladi.
Istirohat boğlariga quyidagi talablar qöyiladi:
• yuqori texnologik, zamonaviy asbob uskunalar, texnologiyalar va attraksionlar bilan jihozlanganlik;
• zamonaviy landşaft dizaynining köllanilganligi;
• favvoralarni quriş;
• velosiped yölakçalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam oliş obektlarini obodonlaştiriş;
• madaniy-dam oliş xizmatlaridan foydalaniş tizimining mavjudligi.
Istirohat boğlari hududlarida oilaviy dam oliş obektlari, yozgi teatrlar, lektoriylar, öqiş zallari va kutubxonalar, attraksionlar, raqs zallari, tirlar va boşqalar faoliyat yuritişi lozim
Şahar örmonlari, xiyobonlar, istirohat boğlari, şahar boğlari, piyoda yuriş uçun möljallangan xiyobonlar yaşil zonalar tarkibiga kiradi.
Istirohat boğini taşkil etişda iştirok etişni istagan xususiy şerik özi haqidagi ma'lumotlar, loyihani amalga oşiriş maqsadlari, taxmin qilinayotgan obekt yoki yer uçastkasi töğrisidagi ma'lumotlar ilova qilingan arizani davlat şerigiga taqdim etadi.
Ariza 10 kun mobaynida körib çiqiladi.
Davlat şerigi hudud aholisi ehtiyojlaridan, şuningdek jismoniy va yuridik şaxslardan tuşgan takliflarni örganiş natijalari asosida tanlov e'lon qiladi. Tanlov boşlanişidan avval 30 kalendar kun mobaynida tanlov savdolarini ötkaziş töğrisidagi ma'lumotlar e'lon qilinadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflangan xususiy şerik ön iş kuni mobaynida ijara şartnomasi yoki konsessiya bitimi tuzadi.












