AQŞ prezidenti Donald Trampda, xuddi davlatning 37-rahbari Riçard Niksonda bölgani kabi, bosim ostida bölgan siyosiy duşmanlarning röyxati bor. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

Foto: AP
Niksonda prezidentning harakatlaridan norozi bölgan siyosatçilar, işbilarmonlar va jurnalistlarni öz içiga qamrab olgan 20ta «siyosiy duşman»dan iborat röyxat bölgan. Uning maslahatçisi Jon Din ham ularga bosim ötkaziş uçun tegişli çora-tadbirlar röyxatini tuzgan.
Naşrning qayd etişiça, Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq boşliği Jon Brennandan maxfiy hujjatlarga kiriş huquqini olib qöyiş ham «Trampning duşmanlari röyxati» mavjudligidan dalolat beradi. Ta'kidlanişiça, AQŞ prezidenti ma'muriyati maxsus xizmatlarning yana töqqiz zobitiga qarşi çoralar körişni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq MRBning 6 nafar sobiq rahbari Trampga qarşi çiqqandi.
AQŞ xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari va Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB)ning olti nafar sobiq direktori Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp tanqid ostiga olingan qöşma xatni imzoladi.











