Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonning sobiq Boş vaziri Atal Bixari Vajpaining vafoti munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ram Natx Kovind va Boş vazir Narendra Modiga hamdardlik bildirdi.
Şuningdek, Hindistonning Kerala ştatida röy bergan suv toşqini va köçkilar oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan Hindiston xalqiga hamdardlik yöllangan.
Atal Bixari Vajpai Hindiston hukumatini ikki marta - 1996 may-iyun oylarida, şuningdek, 1998 yil martidan 2004 yil mayiga qadar boşqargan.
Sobiq boş vazir 16 avgust kuni 93 yoşida vafot etgandi.
Hindistonning Kerala ştatida 8 avgustdan buyon davom etayotgan kuçli musson yomğirlari oqibatida kamida 324 kişi halok böldi, 20 ming uy vayron böldi, 220 ming kişi boşpanasiz qoldi.
Vaqtinça turar joylarga 800 mingdan ortiq kişi evakuatsiya qilingan. Yana minglab kişilar hayot uçun xavfli hududlarda qolmoqda.
Hindistonda yil boşidan buyon musson yomğirlari tufayli yuzaga kelayotgan suv toşqinlari oqibatida halok bölganlar soni ming nafardan oşib ketgan.












