Özbekiston erkin kuraş jamoasining 65 kg vazn toifasidagi vakili Sirojiddin Hasanov bronza uçun kuraşda möğulistonlik Batmagnai Batçuluunni mağlubiyatga uçratdi.

Öta murakkab keçgan bahsning birinçi raundida Möğuliston vakili 5:2 hisobida ğolib kelgandi. Ikkinçi raund esa Sirojiddin Hasanovning töla ustunligida keçdi - 8:1. Natijada, Özbekiston vakili umumiy hisobda 10:6 hisobida ğalaba qozonib, Özbekiston delegatsiyasiga 2018 yilgi Osiyo öyinlaridagi ilk medalni olib berdi.

«Kun.uz» muxbiri Osiyo öyinlari bronza medali sovrindoridan intervyu oldi.

«Osiyo öyinlaridagi ilk iştirokimdayoq delegatsiyamizga birinçi medalni olib kelganimdan juda ham xursandman. Bu hali hammasi emas. Xudo xohlasa, bizda kumuş va oltin medallar ham böladi.

2019 yili Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötadigan jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etib, Yaponiyada böladigan Yozgi olimpiadaga yöllanma olişga harakat qilaman.

Ustozlarimga, birinçi murabbiyim Xalimov Latif akaga, boş murabbiyimiz Olim Hikmatovga, şuningdek, Adhamjon Oçilovga, Abduvali Bozorboyevga katta rahmat aytaman. Meni qöllab-quvvatlab turgan ota-onamga va barça özbekistonlik muxlislarga minnatdorçilik bildiraman», degan sportçi.

Sirojiddin Hasanov turnirdagi iştirokini muvaffaqiyatsiz boşlagan, nimçorak finaldayoq hindistonlik Bazirang Bazirangga yutqazib qöygandi. Lekin hindistonlik sportçi finalga qadar yetib borib, Hasanovga bronza uçun kuraşiş imkoniyatini taqdim etdi va Özbekiston vakili bu imkoniyatdan unumli foydalanib, saralaşda Tojikiston vakili Abdulqosim Fayziyevni 10:0 hisobida taslim etdi.

Ayni vaqtda Özbekiston erkin kuraş jamoasining yana ikki vakili kuraşni davom ettirmoqda. 

97 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Magomed Ibragimov yarim finalda imkoniyatni boy bergaç, töğridan-töğri bronza medal uçun gilamga çiqadigan bölgandi. Uning raqibi yaponiyalik Takeşi Yamaguçi.