Özbekiston taekvondo jamoasining -58 kg vazn toifasi vakili Niyoz Pölatov Osiyo öyinlari finaliga çiqdi.

U yarim finalda eronlik Aşur Zido Falloh Farzonni 15:13 hisobida (3:2, 5:2, 7:9) mağlubiyatga uçratdi.

Foto: Niyoz Pölatov / Hasan Pirmuhammedov
Foto: Niyoz Pölatov / Hasan Pirmuhammedov

Endi Pölatov finalda janubiy koreyalik Kim Tayxun bilan oltin medal uçun kuç sinaşadi.

Niyoz Pölatov nimçorak finalda Xitoy Taypeyidan taşrif buyurgan Hu Kuangyuni 30:28 hisobida, çorak finalda esa tailandlik Savekvihare Ramnarongni 23:21 hisobida mağlubiyatga uçratgandi.