«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bank «Rosekcimbank» bilan kredit shartnomacini imzoladi
«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» banki Rossiya eksport-import banki («Rosekcimbank») bilan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng kredit bitimini imzoladi.
Hujjat joriy yilning 17 avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda “Roseksimbank” va EKSAR vakillaridan iborat Rossiya eksport markazi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida imzolandi.

Ushbu mablag‘ “O‘zsanoatqurilishbank” hamda “Asaka” bank tomonidan Toshkent metallurgiya zavodida yiliga 500 ming tonna yuqori sifatli sovuq katanli metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Qayd etish joizki, mazkur loyihaning amalga tatbiq etilishi avtomobilsozlik, mashinasozlik, qurilish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish singari sanoatning jadal taraqqiy etayotgan tarmoqlarini xomashyo bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
SFI Management Group kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha 2019 yilning so‘ngida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

18:59 / 22.05.2024
“Asakabank" xalqaro biznes forumda "Yil brendi" mukofotini qo‘lga kiritdi

16:00 / 16.05.2024
Asakabank uchinchi marotaba O‘zbekistondagi eng faol emitent bank sifatida e’tirof etildi

11:44 / 02.05.2024
«Asakabank» xususiylashtiriladi

16:55 / 29.03.2024