Amerika Qöşma Ştatlari natsistlar konslageri sobiq qöriqçisi, AQŞ hududida yaşovçi, Uçinçi reyxning sönggi maşhur jinoyatçilaridan biri 95 yoşli Yakov Paliyni Germaniyaga deportatsiya qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, 1943 yilda Paliy Polşa hududidagi natsistlarning «Travniki» konsentratsion lagerida qöriqçi bölib xizmat qilgan, u yerda minglab odamlar öldirilgan.
1949 yilda u Qöşma Ştatlarga kelib, ötmişini yaşirgan. Sakkiz yil ötgaç, u Amerika fuqaroligini oldi va Qöşma Ştatlar hududida yaşab, işlaşni davom ettirdi.
Natsistlar rejimi jinoyatçilarini qidiriş bilan şuğullangan amerikalik tergovçilar dastlab 90-yillarning boşida Paliy bilan qiziqib qolişgan. 1993 yilda tergovçilar u bilan uçraşişdi. Kontslagerning sobiq qöriqçisi viza oliş uçun ötmişi haqida yolğon gapirganini ma'lum qildi, ammo faqat 2001 yildagina konsentratsion lagerda işlaganini töliq tan oldi.
Ikki yil ötgaç uning fuqaroligi bekor qilindi, uni deportatsiya qiliş ehtiyoji yuzaga keldi. Şunga qaramay, heç bir davlat Paliyni özida qabul qilişni xohlamagan va şuning uçun u Nyu-Yorkda yana 15 yil yaşagan.
Agentlikning qayd etişiça, erkakning Germaniyadagi taqdiri hozirça noma'lum bölib qolyapti.

















