Özbekiston transport prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Subxanovning “Özbekiston havo yöllari” MAKning Bangkok şahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bölib yozgan arizasi atrofliça örganib çiqildi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.
Fuqaro M.Subxanov öz arizasida 2018 yil 11 iyul kuni “Bangkok-Toşkent” yönalişidagi reysga röyxatdan ötganidan söng, uçib ketiş zalida u aeroport işçilari va “Özbekiston havo yöllari” MAKning Bangkok şahridagi xodimlari F.Sultonov va Ş.Burixodjayevlar tomonidan töxtatilib, qöl yuki ruxsat etilgan me'yordan ortiqligi sababli qöşimça tölov amalga oşiriş lozimligini, aks holda uni reysdan qoldirişlikni aytişganligini, u majburan 100 AQŞ dollari tölaganligini, undan qöşimça tölov undirilganidan norozi ekanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan ötkazilgan örganişda fuqaro M.Subxanovdan undirilgan qöşimça tölov qonuniy undirilib, ğaznaga kirim qilinganligi, “Özbekiston havo yöllari” MAKning Bangkok şahridagi xodimlari F.Sultonov va Ş.Burixodjayevlar tomonidan qonun buzilişi holatlariga yöl qöyilmaganligi aniqlangan va bu haqida ariza muallifiga javob berilgan.
















