Dunyodagi ilk kvars soati ixtiroçisi Rene Le Kultr 100 yoşida Şveytsariyada vafot etdi. Bu haqda soatsozning oilasiga iqtibos keltirgan holda Arcinfo naşri ma'lum qildi. 

Le Kultr maşhur Jaeger-LeCoultre soatsozlik firmasi asosçisi nabirasi bölgan.

Qölga taqiluvçi kvars soatlarining ilk markasi Beta 1 1967 yilda Şveytsariya xronometriya jamiyati tomonidan ötkazilgan aniqlik tanlovida taqdim qilingan.

Le Kultr, şuningdek, Şveytsariya elektronika va mikrotexnika markazi asosçilaridan biri hisoblangan.