Olmaotaliklardan biri internetda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning dastxati sotilişi haqidagi e'lonni joylaştirdi. Nazarboyev 1997 yilda öz imzosini qöygan bir varaq qoğoz uçun 350 ming tanga, ya'ni ming dollarga yaqin pul söralgan.

E'londa ta'kidlanişiça, Nazarboyev bu dastxatni 1997 yilda Olmaotaga taşrifi vaqtida dökonlardan biriga kirganda ezgu niyatlar bildirgan holda qoldirgan. E'londa dastxatning haqiqiyligi kafolatlanişi, Nazarboyevning imzo qöyişi jarayoni suratlari mavjudligi aytilgan. 

Ayni vaqtda Nazarboyevning imzosi 1000 tangalik qiymatdagi kupyurada joylaştirilgan. Bundan taşqari, Olmaota va Ostonada sayyohlar taşrif buyuruvçi joylarda Elboşi kaftining bronza nusxasi örnatilgan.