Xastalik inson boşiga kelgan qiyin sinovlardan biridir. Ammo, bu xastalik noaniq, mavhum bölsa-çi? Yillar davomida azob torsang-u, lekin nega azob tortayotganingni bilmasang. Oğir sinov, şunday emasmi?
Tahririyatimizga kelgan navbatdagi murojaat sabab Çirçiq şahrida bölib qaytdik. Murojaat yöllagan inson bemorning onasi Marina Zamorina edi.
Bu ayol öğli Stepan Zamorinning salkam tört yildan beri noma'lum kasallik bilan kuraşayotgani va haligaça bizdagi şifokorlar taşxis qöyib bera olişmayotgani sabab murojaat qilişga majbur bölganini aytdi.
«Öğlimning soğliği yomonlaşa boşlagaç, yarim yilga yaqin bormagan şifoxonamiz qolmadi. Heç kim taşxis qöyib berolmadi. Şundan söng, onkologiyaga bordik. «Nexodjkinskaya limfoma» taşxisini qöyişdi. Jami bölib 16 marta ximiyaterapiya oldi, lekin foydasi bölmadi. Kuraşişda davom etdik. Oldin Toşkent şahar Qöyliq massivida yaşardik. U yerdagi kvartirani sotdim. Menga farzandim kerak-ku, axir», deydi bemorning onasi.

Şifokorlar tomonidan limfoma taşxisi böyiça muolajalar öz samarasini bermaydi. Qimmat dori-darmonlar behuda sarflanadi. Şundan söng, şifokorlar yaqinda turk mutaxassislar kelişini va ularni kutişni taklif qilişadi. Turk mutaxassislari konsilium (şifokorlar muhokamasi) ötkazişadi va töliq tekşiruvdan ötkaziş lozimligi haqida xulosaga kelişadi. Bunday tekşiruvni ötkaziş uçun eng arzon va yaqin hudud Hindiston ekan.
«Hindistonlik şifokorlar bilan gaplaşdik. Töliq tekşiruv ötkazib taşxis qöyib beramiz, deyişdi. Kasallik şunçaki yaşirin turi. Taşxis qöyilsa, davolaş qiyin emas deyişmoqda. Ammo, buning uçun 4-5 ming dollar atrofida xarajat ketar ekan. Endi mablağim qolmadi, lekin olib borişim kerak. Axir, 5 yildan beri qiynalib ketdi öğlim. Men özim ham bir neça bor insultni boşimdan ötkazganman. Şifokorlar yana bir marta xuruj bölsa, endi buni kötara olmaysan, deyişmoqda. Agar biron narsa bölsa unga kim qaraydi. Faqat ikkimiz qolganmiz», deya közlariga yoş oldi bemorning onasi.

Ayni paytda Stepanning ahvoli özgarişsiz holatda. Hamon mavhumlik. Texnologiyalar yetarli emasligi sabab noaniq kasallik azob berişda davom etmoqda. Ona esa özini qayoqqa urişni bilmaydi. Ammo, kelajakdan noumid emas.












