Tojikistonda 1 sentabrdan boşlab bitta sim-karta narxi 250 somoniyga (26 dollar) teng böladi. Unga qadar ruxsat etilgan ikkita sim-kartadan taşqari yangisini olişga va qayta röyxatdan bepul ötkazişga ulguriş mumkin, deb yozadi «Aziya-Plyus».
Tojikiston hukumati huzuridagi aloqa xizmati tojik mobil aloqa kompaniyalariga sim karta uçun 250 somoniy miqdorida tölov joriy etdi. Tojikiston uyali aloqa kompaniyalarining xabar berişiça, endilikda sim-karta sotib oliş yoki boşqa odam nomiga qayta rasmiylaştiriş pullik böladi. Raqamini tiklamoqçi bölganlar ham şunça pul tölaydi.
Sim-karta uçun tölov joriy etiş taklifini xavfsizlik maqsadlarida Tojikiston IIV berdi. IIVning fikriça, şunda tojik operatorlarining sim-kartalari tasodifiy qöllarga tuşib qolmaydi: aniq raqam içki işlar vazirligi ma'lumotlar bazasiga kiritilgaç, sim-karta egasi bu raqam uçun javobgar böladi.
Tojikistonda bir abonent qölida bitta kompaniyaning faqatgina ikki dona sim-kartasi bölişi mumkin xolos. Agarda abonentda sim-kartalar köp bölsa, u operator servis markaziga kelişi va sim-kartani undan foydalanayotgan abonent nomiga qayta rasmiylaştirişi lozim. Buni 1 sentabrgaça bepul amalga oşiriş mumkinligi aytilmoqda.












