Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga yana bir jiddiy ayblov bilan chiqishdi
Prezident Donald Tramp irqiy urushni boshlamoqchi. Bu haqda uning sobiq yordamchisi Omarosa Manigolt-Nyuman ma'lum qildi, deya xabar beradi New York Post.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, respublikachining 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida afroamerikaliklarga murojaati ularning ovozlarini olishga urinishdan boshqa narsa emasdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp o‘z harakatlarida samimiy emas. «Aslida, mening fikrimcha, u bu mamlakatda irqiy urush boshlashni xohlaydi», - deya ma'lum qildi sobiq yordamchi.
Shuningdek, Manigolt-Nyuman Oq uyga ishga qabul qilish siyosati haqida ham gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hamma narsa odamlar o‘ylaganidan ham battarroqdir». «Hozirda prezidentda 30 nafar maxsus yordamchi bor. Ammo, afroamerikaliklar jamoasi manfaatlarini himoya qiluvchi hech kim yo‘q», - deya aniqlik kiritdi u. Ayolning qo‘shimcha qilishicha, oq tanli bo‘lmagan nomzodlarga tinimsiz ravishda rad javobi berilgan.
Bundan oldin sobiq yordamchi Trampning ruhiy holati yomonlashayotganini ham aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Tramp va Nikson o‘rtasidagi kutilmagan o‘xshashlikni topgandi.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026