Taşqi savdo vazirligida Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Şavkat Bobozoda boşçiligidagi Tojikiston delegatsiyasi bilan muzokaralar bölib ötdi. Özbekiston tomoniga Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev boşçilik qildi. Uçraşuvdan asosiy maqsad ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy va kooperatsion hamkorlikni jadallaştiriş va mustahkamlaş böldi.

Muzokaralarda Özbekiston va Tojikistonning toğ kon-metallurgiya, tekstil, quriliş, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, elektrotexnika, transport, savdo, neft-gaz va boşqa sohalardagi yirik uyuşma va kompaniyalari vakillari iştirok etdilar.

Kun tartibida sanoat va savdo sohalarida hamkorlikning istiqbolli yönalişlari, jumladan logistikani optimallaştiriş, investitsion va savdo loyihalari böyiça kelişuvlarni tayyorlaş va qöşma korxonalar taşkil etiş kabi masalalar batafsil muhokama etildi.

Uçraşuv iştirokçilari ta'kidlaganidek, şu kabi muloqotlar ikki davlat korxonalari örtasida yaqin kooperatsion aloqalarni örnatiş va rivojlantirişga xizmat qiladi. Tomonlar sanoat va savdo sohalarida hamkorlik örnatiş har tomonlama qöllab-quvvatlanişini alohida ta'kidlab ötdilar.

Muzokaralar yakuniga köra, Özbekiston va Tojikiston korxonalari örtasida hamkorlikni kengaytiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş böyiça tomonlar örtasida kelişuvga erişildi.