Bugun Özbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Parijga jönab ketdi.

Taşqi işlar vazirligining ma'lumotlariga köra, 2018 yil 21 avgust kuni Özbekiston Respublikasining YuNESKOdagi qayta tayinlangan doimiy vakili Umid Şodiyev Toşkentdan Parijga jönab ketdi.

Ilgari u Nyu-Yorkdagi Özbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida maslahatçi bölib işlagan.

Unga qadar bu lavozimni Özbekiston birinçi prezidentining kiçik qizi Lola Karimova egallagan.

Joriy yilning fevral oyida Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning kiçik qizi, Özbekistonning YuNeSKOdagi elçisi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida yuqoridagi taşkilotda mamlakat elçisi sifatida faoliyatini yakunlayotganini xabar qilgandi.

«Bugun mening Özbekistonning YuNeSKOdagi elçisi vazifasidagi sönggi iş kunim. Ön yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men uşbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanişgan va birga işlagan insonlar hamda eng muhimi – öz ona vatanimga xizmat qiliş imkoniyatiga ega bölganimdan behad mamnunman», - deb yozgan u.

Eslatib ötamiz, Özbekiston 1993 yilning 26 oktabridan YuNESKOning a'zosi sanaladi. YuNESKOning Özbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 1996 yil 23 apreldan boşlab faoliyat yuritmoqda.

Şu bilan birga, Özbekiston YuNESKO faoliyatida faol iştirok etmoqda. Respublika Taşkilot Ijroiya kengaşiga ikki marta - 1997-2001 yillar va 2009-2013 yillarda saylangan.