Gollandiyalik rassom Teo Yansen 90-yillardan buyon shamol kuchi bilan harakatlanadigan skulpturalar yaratish bilan shug‘ullanib keladi, ammo yaqindagina mashhurlikka erishdi.
Uning Uminami deb nomlanuvchi ijod namunasi uzoqdan ulkan hasharotni eslatadi. U dvigatel yoki uzatgichlar yordamida emas, balki shamol kuchi bilan harakatlanadi. Uminami skotch, arqon va tayoqlardan yasalgan.
Yansen asarlarini avval kompyuterda yaratadi va ular o‘rtasida poyga uyushtiradi. Eng tez yurgan “maxluq”lar esa kompyuterdan hayotga ko‘chadi.
















