«Yuventus» klubi yarimhimoyaçi Miralem Pyaniç bilan hamkorlikni uzaytirdi.

Tomonlar 2023 yilgaça möljallangan yangi şartnomani imzoladilar. Bunda Pyaniçning maoşi 4,5 million yevrodan 7 million yevroga oşirildi. Oldingi mehnat bitimi 2021 yilgaça möljallangan edi.

Avvalroq, futbolçining xizmatiga «Barselona» va «Real» klublari qiziqayotgani, «Yuventus» esa uni «Real»ga 60 million yevroga sotmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ötgan mavsumda Pyaniç A Seriyaning 31ta öyinida maydonga tuşib, 5ta gol urgan va 8ta golli uzatmani amalga oşirgan.