Toşkentda kafe işini tekşiriş çoğida öz vakolatini oşirib yuborgan huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi boşlandi.

«Yaqinda xizmat olib boriş paytida Toşkentdagi kafelardan birida xodimlarimizning qöpol harakatlariga oid holatlarni aniqladik. Bu holat böyiça xizmat tekşiruvi tayinlandi, har bir xodimning harakati obektiv baholanadi va tegişli çoralar köriladi», - deya aytib ötdi içki işlar vazirining örinbosari, Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev. 

«Uşbu holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi oldindan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda, uning natijalariga köra voqea iştirokçilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi», - deydi Toşkent şahar prokurori Şerzod Obloqulov. 

Biroq, yuqorida zikr etilgan mansabdor şaxslar voqea aynan qayerda sodir bölganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda videolavha tarqalgani, unda içki işlar organlari xodimlari tekşiruv ötkazayotgani tasvirlangani xabar qilingandi.

Videodan köriş mumkinki, niqobli xodimlardan biri fuqarolardan birining böyni yoki soçidan uşlab, uni tizzaga çöktirgan. Boşqa bir niqobdagi tezkor xodim yonğin xavfsizligining barça qoidalarini buzgan holda kalyanni oyoğini bilan tepib taşlagan. Şu bilan birga, bir kişini yerga tuşirib, oyoq bilan tepişgan. Videodan köriş mumkinki, unga nisbatan tayoq (dubinka) ham qöllangan.

Bu aynan qayerda yuz bergani noma'lum, biroq videoda voqealar umumiy ovqatlaniş joylarida kuzatilganini köriş mumkin.