Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tarixiy dahshatli kun». Tramp bilan ham «Uotergeyt» mojarosi yuz beradimi?
AQShning sobiq advokati Maykl Koen sudda o‘z aybini tan olgani tufayli Qo‘shma Shtatlarda sobiq yetakchi Richard Niksonga impichment e'lon qilingan paytdan beri eng qorong‘u kunlardan biri keldi. Bu haqda NBC telekanali ma'lum qilgan.
21 avgust kuni Koen Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish uchun yordam berish maqsadida sukut saqlash uchun noqonuniy pul to‘lashni o‘z ichiga olgan jinoyatlar bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan oldi. Eng asosiysi, deya ta'kidlaydi NBC, Koen buni Trampning ko‘rsatmasi bilan qilganini aytgan. Xususan, Koen AQShdagi saylov kampaniyasida Tramp bilan munosabatlari haqida ma'lumotlar oshkor qilishni rejalashtirgan ayollarga sukut saqlashi uchun pul to‘lagan.
Koenning ko‘rsatmalari Tramp uchun ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan shu darajada zarar yetkazdiki, hatto uning advokati Rudolf Juliani faqat AQSh prezidentiga qarshi ayblov xulosasi yo‘qligini bildirishdan boshqa iloji qolmadi, deyiladi materialda.
«Koenga qarshi hukumat tomonidan qo‘yilgan ayblovlarda prezidentga qonunbuzarliklar haqida hech qanday da'vo yo‘q», - dedi Juliani.
Koenning bayonoti, avvalroq o‘z saylovoldi va'dasiga muvofiq Vashingtondagi korrupsiyani «botqog‘ini butunlay quritish» maqsadida o‘zining ittifoqchilari bilan birga kelgan Trampga so‘nggi zarba bo‘lmadi.
Tramp saylovoldi shtabining sobiq rahbari Pol Manafort moliya va soliq firibgarligi bo‘yicha sakkizta bandda aybdor deb topildi, Trampning tarafdori bo‘lgan amerikalik kongressmen Dunkan Xanterga esa, Tramp kampaniyasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi.
Bu ayblovlar shundan darak beradiki, AQSh prezidenti Donald Tramp nafaqat jinoiy faoliyat haqida bilgan, balki unga rahbarlik ham qilgan. Bu esa Qo‘shma Shtatlarni Nikson davriga qaytaradi.
1998 yilda AQSh prezidenti Bill Klinton Oq uy xodimasi Monika Levinski bilan aloqalari tufayli kelib chiqqan mojarodan so‘ng, yolg‘on guvohlik berish hamda adliya organlari ishiga to‘siqlar yaratish bo‘yicha ayblanib javobgarlikka tortilgandi. Biroq, Trampdan farqli o‘laroq Klinton jiddiy jinoyatlarda ayblanmagan.
Bularning barchasi AQShda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan oraliq saylovlardan uch oy avval kuzatilmoqda. Bu saylovlarda Respublikachilar partiyasi AQSh senatidagi o‘z pozitsiyasi va vakillar palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab olishga urinadi.
Tramp uchun bu shunchaki qiyin kun emas, bu AQSh prezidentligi uchun «tarixiy dahshatli kun» bo‘ldi, deya xulosa qilgan NBC.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026