Jahon | 07:55 / 22.08.2018
11770
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning sobiq advokati uning ko‘rsatmasi bilan jinoyat sodir etganini ma'lum qildi

Maykl Koen/Foto: Pinterest

Tergov bilan kelishuvga rozilik bergan Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koenning qasamyod ostida ma'lum qilishicha, u ikki ayolga o‘z mijozining buyrug‘i bilan sukut saqlagani uchun pul to‘lagan.

Bu haqda uning yuristi Lenni Devis ma'lum qildi.

«Bugun u (Koen) o‘rnidan turdi va Donald Tramp prezidentlik saylovlariga ta'sir ko‘rsatish uchun ikki ayolga to‘lab, jinoyatni sodir etish haqida ko‘rsatma berganini qasamyod ostida ko‘rsatma berdi. Agar bu to‘lovlar Maykl Koenning jinoyatlari bo‘lsa, nega unda ular Donald Trampning jinoyatlari bo‘lmagan?» - deya ma'lum qildi Devis. 

OAV xabarlariga ko‘ra, Koen qator kompaniyalardan transhlar olganini yashirgan, shuning uchun u soliqlarni to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda. Bundan tashqari, tergovchilar Koen Donald Trampning saylovoldi shtabi mablag‘laridan AQSh prezidentiga aloqador bo‘lgan ayollarning sukut saqlashi uchun pul to‘lagani yoki to‘lamagani bo‘yicha masalani o‘rganib chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampga yana bir jiddiy ayblov bilan chiqishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid