KUN.UZ tahririyatiga Samarqand viloyati Toyloq tumanining Tuyoqli qişloği fuqarosidan murojaat kelib tuşdi.

«Men Samarqand viloyati Toyloq tumani Döstlik mahallasi Tuyoqli qişloğida yaşayman. Daryo böyida yaşaymiz. Gaz balonlari vaqtida töldirilmaydi. Qişloğimizda içimlik suvi ham muammo. Svet yaxşi yonayotgganiga 5 oy ham bölmadi. Qarzlaring bor, deb köpçilikdan pul undirişdi. Keyin yana öşa «eski hammom — eski tos». 1968 yilda örnatilgan transformator har hafta buziladi.

Sizlardan iltimos, bizni ham eşitadiganlar bormikan, yordam bering. Unutilgan Tuyoqli degan qişloq borligini ham mutasaddilar bilişsin», —  deb yozilgan murojaatnomada.

Murojaatçi aytganidek, haqiqatan ham bu qişloq unutilganmi? Şu savolga javob topiş va qişloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, aholining yaşaş şaroiti bilan tanişiş maqsadida uşbu murojaatni joyiga borib örgandik.

Tuyoqli qişloği Toyloq tumanining çekka hududida, Zarafşon daryosiga yaqin joylaşgan. «Döstlik» mahallasi tarkibida bölgan uşbu qişloqda 600 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Qişloq aholisini qiynayotgan masalalardan biri bu tuman markaziga transport qatnovining yöqligidir. Fuqarolarning ta'kidlaşiça, faqat bozor böladigan kunlari (payşanba-juma) «Damas» va boşqa avtotransport vositalari qatnaydi. Qolgan kunlari bu muammoga aylanadi. Sababi, katta köçadan qişloqqa kiriş uçun ança masofada bor. Bu masofani bosib ötişga hammada ham şaxsiy avtoulov yöq. Xullas, amallaşadi.

Tuyoqli qişloği daryo yaqinida joylaşganligi sababli daryodan olingan şağal, qum va toş bilan töldirilgan yuk maşinalari şu qişloq içidan ötadi. Qişloq aholisining qiynayotgan asosiy muammolardan biri şu. Boisi, yuk maşinalar qatnovi keçayu-kunduz tinmaydi. Keçasi aholining tinçi buzilsa, kunduzi şağal tökib qöyilgan yöldan yuk maşinalari tufayli kötarilgan çang xonadonlarga yopiriladi.

Qişloqda haqiqatan ham elektr energiyasi muammosi mavjud. 1968 yilda örnatilgan transformatorda quvvatidan oşiq ulanişlar bor. Şu tufayli transformator tez-tez buzilib turadi. Aholining özi uning ta'miri uçun pul yiğadi.

Aholini içimlik suv muammosi ham qiynab kelmoqda. Qişloq örtasida artezian kavlanib, «başnya» örnatilgan. Şu yerdan içimlik suv xonadonlarga taşiladi. Qiş va yoğingarçilik kunlari bu yumuş fuqarolarga bir qator qiyinçiliklar tuğdiradi.