«Pensiya jamğarmasining Toyloq tuman bölimi xodimi I.R. tomonidan bölimning pensiya va nafaqalar tölovi monitoring guruhi inspektori Z.A. hamda Pensiya jamğarmasi Samarqand viloyat boşqarmasining Mablağlarni boşqariş, pensiya va nafaqalar tölov monitoringi bölimi boşliği A.R.larning “Pensiya” dasturidan foydalanadigan va sir saqlanişi zarur bölgan login hamda parollarini qölga kiritib, ulardan foydalangan holda özi istiqomat qilib kelayotgan mahallada yaşovçi 10 nafar pensioner nomiga ötgan davr uçun asossiz pensiya pullarini dasturga kiritgan natijada 90,8 mln.söm miqdoridagi jamğarma mablağlarini özlaştirib yuborganligi aniqlandi», deyiladi Pensiya jamğarmasining axborot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, jamğarmaning içki audit va moliyaviy nazorat, pensiya va nafaqalarni tayinlaş monitoringi boşqarmasi 2019 yil davomida pensiya oluvçilarga ötgan davr uçun tölangan mablağlarning qonuniyligi tanlov asosida kameral tartibida masofadan turib örganganda Toyloq tumanida jami 12 holatda 108,4 mln. söm miqdoridagi mablağ özlaştirilganligi aniqlangan.

Bundan taşqari, 2 holatda aniqlangan 17,6 mln.söm mablağlar esa I.R.ning ehtiyotsizligi oqibatida öz mahallasida yaşovçi pensionerlar nomiga oçilgan plastik kartalariga asossiz pensiya ötkazilgan.

«Örganiş davomida I.R. pensiya pullarini özlaştirişning puxta rejalaştirilgan va heç kimning xayoliga kelmagan yölini topgani ma'lum bölgan.

Misol uçun, Toyloq tumanida yaşovçi E.A.ning heç qanday töxtatişlarsiz bir maromda tölanib kelinayotgan 718,2 ming söm miqdoridagi pensiya puliga heç qanday sabablarsiz 2019 yil oktabr oyida 13,6 mln.söm miqdorda ötgan davr uçun tölov (doplata) qöşilgan holda, tölovga çiqarilgan. Pensionerning özi uşbu holatdan mutlaqo habarsiz qolişi uçun, pensiya pulining 10 foizi naqd pul körinişida, 90 foizi bank plastik kartoçkasiga ötkazilgan.

13,6 mln.söm şunday puxta tayyorlanganki, pensiyasining hamda qöşimça çiqarilgan asossiz pensiyaning 10 foiz miqdorini qöşganda avvalgi oyda tölab kelingan summa bilan bir xil qilib, fuqaro sezmaydigan holatga keltirilgan va bunda pensionerga avvalgi oylardagi kabi, 718,2 ming söm pensiya puli naqd pul körinişida Xalq banki tomonidan tölab berilgan, qolgan 13,6 mln.söm mablağ esa tuman Agro bankda oçilgan bank plastik kartoçkasiga tuşirilib, özlaştirilgan. Xuddi şu kabi yöllar bilan bölim mutaxassisi I.R. yana 9 nafar pensioner nomiga qöşimça pensiya pullarini yozib, özlaştirib kelgan.

Hozirgi kunda, Pensiya jamğarmasining Toyloq tuman bölimi xodimi sobiq xodimi I.R. tomonidan özlaştirilgan 108,4 mln. söm pensiya pullari Jamğarma hisobiga ixtiyoriy ravişda töliq undirilgan bölib, ötkazilgan örganişlar yuzasidan töplangan tekşiriş materiallari va hujjatlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş idoralariga taqdim qilindi», deyiladi rasmiy xabarda.