Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maslahatchisi Suriya masalasida Rossiyaga bosim o‘tkazish usuli haqida ma'lum qildi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning Reuters’ga bergan intervyusida aytishicha, Qo‘shma Shtatlarda Suriya masalasi yuzasidan Rossiyaga bosim o‘tkazish dastaklari bor.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Rossiya Suriyada «tiqilib qolgan» va Moskvaning Yevropadagi «fanatik diplomatik faoliyati» Rossiya tomoni Suriya mojarosini hal qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplashda yordam taqdim etilishini xohlayotganidan darak beradi.
Boltonning ta'kidlashicha, Vashington buni Moskvadan qator masalalar bo‘yicha yordam olish uchun qo‘llashi mumkin. Xususan, AQSh ma'muriyatining asosiy talablaridan biri - Eron kuchlarining Suriya hududidan chiqib ketishidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Suriya mojarosiga aralashishi haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
10:02 / 13.06.2026