“Qöli gul” degan ta'rifni eşitgansiz albatta? Mazkur maqolamiz aynan quruq qumloq yerni mehnati bilan  gulzorga aylantirayotgan tadbirkor ayolning muşkul holatga tuşib qolgani haqida.

2010–yildan gul yetiştiriş bilan şuğullanişni boşlagan Şaxnoza Yusupova  tezda katta yutuqlarga erişa boşladi. Oradan ikki yil ötib, tadbirkor ayol Farğona viloyatini 100 ming tup gul bilan ta'minlaşga erişgan. Köçalar, xiyobonlar atrofi, taşkilot muassasalar atroflariga ekilgan anvoyi gullarni yetiştiriş, landşaft dizayni maşaqqati va undan rohatlanişni boşdan keçirgan qahramonimiz borgan sari öz işini rivojlantirib bordi. U hozir tajribali va  dunyoning eng noyob gullarini östirişni hadisini olgan gulçi. 

Tadbirkor ayni paytda viloyatdagi 200ga yaqin xonadon egalari bilan tomorqada gul yetiştirişni yölga qöygan. Mana sizga bugungi kun talabining ijrosi! Şaxnoza Yusupova ayol boşi bilan şunça xonadonda oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyişni va kerak bölsa kasanaçilik loyihasini yurgazmoqda. Şu yili u 800 ming tup mavsumiy gul köçati yetiştirişga erişibdi. Daromadi haqida batafsil söramadik. Barakasini bersin. Aniq-ki, ikki yuz, uç yuz million sömdan oşiq...

2015-yili Danğara tumanining öşa paytdagi sobiq  hokimi Şuhratbek Abdusalomov tadbirkor ayoldan tuman markazini obod qilişda yordam berişini söraydi.

Hokim tadbirkorning uyiga borib tuman markazidagi istirohat boği qurilişi möljallangan joydan gul yetiştiriş uçun yer maydoni taklif qiladi.

Hokim:“Danğara tuman, Muqimiy köçasidagi “Istirohat boği” yer maydoni çetidan  joy beramiz turli noyob gullar yetiştirib, keyinçalik  körgazmasini taşkil qilsangiz hamma tomoşaga keladi. Istirohat boğining gulzorlarini ham özingiz taşkil qilasiz. Birgalikda boğni-boğ qilamiz”,- deya, 60 sotix yerga doimiy foydalaniş uçun Qaror çiqarib ham beradi.

Gul madaniy ösimlik. U hosildor tuproqda ösadi. Hokim bergan joy axlatxonaga aylangan  qumloq yer ekan. Greyder bilan tekislaş, yerni yer qiliş işlaridan taşqari Şahnoza Yusupova oriq va yantoqdan boşqa ösimlik ösmaydigan joyni ikki yilda unumdor tuproq va çirindi taşib epaqaga keltirdi. Birinçi yilni özida tadbirkor 25 maşina göng, unumdor tuproq va çirindi keltirib soladi. Bir “Kamaz”da keltiriladigan göng 600 ming söm atrofida.  Gulzorga tabiiy issiqxona va basseynlar, atrofiga xom ğişt va tunukadan devor quradi. Bu jarayon juda katta mablağ talab qilişi esa hammaga ayon.