Indoneziyada Osiyo öyinlarining beşinçi kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda.
Tennis musobaqalarida Denis Istomin qozoğistonlik Aleksandr Bublikka qarşi öyinini yakunladi. Hamyurtimiz 6:1, 3:0 hisobida ğalaba qozonayotgan bir vaqtda raqib öyinni davom ettira olmasligini ma'lum qildi. Istomin yarim finalda.
Velosport böyiça 150 km masofaga bölgan bellaşuvda Murod Xolmurodov 15, Marat Izmaylov esa 39-örinni egalladi.
Oğir atletika böyiça Şahzod Xudoyberganov öz iştirokini boşladi.
Slalomda eşkak eşiş böyiça finalda iştirok etgan Jonibek Temirgaliyev 97,44 natija qayd etdi va kuçli uçlikka kira olmadi.
Suziş bahslarida iştirok etgan har uçala sportçimiz ham öz iştiroklarini yakunlaşdi.
Taekvondo böyiça Madina Mannopova çorak finalda livanlik Anna El Haddadni 11:5 hisobida mağlub etdi va yarim finalga yöl oldi. Endi u final çiptasi uçun yaponiyalik Miyu Yamadaga qarşi jang qiladi.












