Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi E.Turdimov Samarqand şahar Kimyogarlar qörğonidagi 54-umumiy örta ta'lim maktabida şahar aholisi uçun sayyor qabul ötkazdi.

Sayyor qabulda viloyatdagi mutasaddi idoralar, tegişli şahar va tumanlar sektorlari rahbarlari ham qatnaşdi.



Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eşitib, muammolarni öz örnida, qöşimça örganiş talab etadigan masalalarni qisqa fursatda hal etiş çoralarini kördi. Mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat'iy vazifa va topşiriqlar berildi. Murojaatlarning hal etilişi yuzasidan jamoatçilik nazorati olib borilişi alohida ta'kidlandi.
— Ota-onamdan erta yetim qolganman, — deydi Samarqand şahri Damariq mahallasida yaşovçi Şahzod Ahmatov. — Uy-joyga ehtiyojim bor. Şu masalada yordam murojaat kildim. Şu yerning özida muammo ijobiy hal etildi. Menga kam ta'minlangan oilalar uçun qurilgan uy-joylardan biri beriladigan böldi.
Qabul davomida aholi tomonidan qişloqlarda maktabgaça ta'lim muassasalari taşkil etiş, yöllarni ta'mirlaş, toza içimlik suv ta'minotini yaxşilaş, kommunal sohadagi kamçiliklarni bartaraf etiş, uy-joy bilan ta'minlaş singari 220 ta masala yuzasidan murojaatlar tuşdi.


Sayyor qabuldan söng murojaatlarni hal etişga mas'ul etib belgilangan mutasaddilar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Şuningdek, sayyor qabul davomida aholi uçun Samarqand şahar bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan böş iş örinlari mehnat yarmarkasi ham taşkil etildi. Yarmarkada 59 ta korxona va taşkilot 2263 ta kvota va 716 ta böş iş örinlari bilan iştirok etdi. Mazkur yarmarkada 52 nafar fuqaro bilan mehnat şartnomalari tuzildi.











