Forbes naşri eng serdaromad aktyorlarning har yillik an'anaviy reytingini taqdim qildi. Naşr talqiniga köra, 2018 yilning eng serdaromad aktyori Jorj Kluni böldi. Aktyor 2017 yil iyunidan 2018 yil iyunigaça, ya'ni bir yil içida 239 mln dollar işlab topgan.
Ötgan yil içida Kluni iştirokidagi filmlar prokatga deyarli çiqmagan. Aktyor daromadining deyarli hammasini tekila işlab çiqaruvaçi kompaniyasi Casamigos Tequila’ni sotişdan olgan. Aktyor kompaniyaga ikki şerigi bilan 2013 yilda asos solgan. Kompaniya 1 mlrd dollarga sotilgan, Kluni bundan 233 mln dollar işlab olgan.
Reytingda 2-örinni 124 mln dollar işlab topgan Dueyn Jonson egallagan. Ta'kidlanişiça, aktyorning joriy yildagi daromadi ötgan yilgisidan deyarli ikki martaga oşgan.
3-örinni Kiçik Robert Dauni egallagan. Aktyor bir yil içida 81 mln dollar işlab topgan. Aktyor asosiy daromadni “Qasoskorlar: Çeksizlik uruşi” filmidan olgan.
Reytingning 4- va 5-örinlarini Kris Xemsvort (64,5 mln dollar) va Jyeki Çan (45,5 mln dollar) egallagan. Ta'kidlaş joizki, ötgan yil tinib-tinçimas Çan iştirokida naq 6 ta film katta ekranlarga çiqqan.
Umuman olganda reytingdan örin olgan eng serdaromad 10 aktyorning bir yil içidagi umumiy daromadi 748,5 mln dollarni taşkil qilgan.
2017 yilda eng serdaromad aktyor 68 mln dollar işlab topgan Mark Uolberg bölgandi.
Avvalroq Forbes yilning eng serdaromad aktrisalari reytingini ma'lum qilgandi. Unga köra, Skarlett Yoxansson eng serdaromad aktrisa bölgan. Aktrisa bir yil içida 40,5 mln dollar işlab topgan.












