Yil boşida Andijon viloyati içki işlar boşqarmasi yonğin xavfsizligi boşqarmasi tomonidan yonğinlarni oldini oliş, fuqarolarning huşyorligini oşiriş maqsadida “Tarğibot avtobusi” taşkil etilgan edi. Taşqi körinişi va içki jihozlari yonğin xavfsizligi tarğibotiga moslaştirilgan avtobus ötgan davr mobaynida yuzlab korxona, taşkilot, muassasalar, aholi köp töplanadigan maskanlarda bölib, minglab insonlarning bu sohadagi bilimlarini şakllanişiga xizmat qildi.

-Maqsadimiz – yonğinlarning oldini oliş. Tarğibot işlarining samarali usullaridan foydalanib, axborot texnologiyalarining ilğor vositalaridan taşqari an'anaviy usulga ham murojaat qildik, - deydi boşqarma boşliğining örinbosari Jasurbek Karimov. - Ogohlantiruvçi şiorlar, yonğinlarning kelib çiqiş sabablari va salbiy oqibatlari aks ettirilgan körgazmalar, yonğin öçiriş anjomlari, öt öçiruvçilarning kiyimlari va iş qurollari bilan jihozlangan avtobus fuqarolarni huşyorlikka çorlaydi.

Navbatdagi innovatsion ğoya tezkor yonğin öçiriş kvadrosikl böldi. Noqulay yöllardan qiyinçiliksiz ötib ketadigan va tirbandliklarni pisand qilmaydigan uşbu texnikaga “Uz Dong Yang Ko” qöşma korxonasi mutaxassislari bilan astoydil işlov berildi. U 100 litr xajmli suv siğimi, kiçik motopompa, 16 metr şlang, mobil aloqa vositasi, ovoz kuçaytirgiç, sirena bilan jihozlandi. Bundan taşqari körinadigan joylariga yonğindan ogohlantiruvçi bannerlar örnatildi.

“Yonğin öçiriş patruli” deb nomlangan texnikada korxona, taşkilot yoki maxsus maşinalar kiriş, ötişi muşkul bölgan yaşaş xonadonlaridagi yonğinni dastlabki bosqiçda bartaraf etiş imkoniyati mavjud. Hududda patrul xizmatini taşkil qiliş, aholi, işçi-xizmatçilar örtasida tarğibot işlarini olib boriş vazifalari közda tutilgan.

“GM-Uzbekistan” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hamkorligida 2 ta yangilik joriy qilindi. Ular haqida boşqarma boşliği Abduğani Avazov quyidagilarni gapirib berdi:

-Korxonada olovli işlar olib boriş vaqtida 1 ta jangovor texnika va 5 ta şaxsiy tarkib jalb etilar edi. Uşbu innovatsion ğoya asosida jihozlangan ”Elektr tyagaç” şassesidagi “Nazoratçi inspektor” maxsus texnikasida navbatçilikni taşkil etiş, dozor xizmati yönalişida harakatlaniş va tarğibot-taşviqot işlarini amalga oşiriş mumkin. Korxonada 29 ta yer osti gidrantlari va 200 dan ortiq içki suv quvurlari bölib, uşbu texnika tirkamasiga dastak, 3 yoqlama va 2 tarafli suv ötkazgiç, yonğin öçiriş yenglari, kukunli yonğin öçirgiç, kigiz, qum va boşqalar biriktirilgan. Bundan taşqari mobil aloqa vositasi, sirena, ovoz kuçaytirgiç, yoritgiç, ogohlantiruvçi va taqiqlovçi tarğibot bannerlari bilan jihozlangan. Bu bilan ortiqça kuç va vositalarsiz olovli işlar ketayotgan hududni nazorat qiliş hamda işçi-xizmatçilar örtasida yonğinlarning oldini oliş böyiça taşviqot işlarini taşkil qiliş imkoniyati paydo böldi. Şu kunga qadar yonğinlar bartaraf etilganidan söng yenglarni öraş va uning içida qolib ketgan suvni tökiş köp kuç va vaqt talab etgan. Mutaxassislarimiz yaratgan “Kömakçi” moslamasida bu vazifani bir kişi qisqa fursatda bajarişi mumkin. Şuningdek, yarim gaykani sim bilan öraş vazifasi ham mavjud.