Vaşingtonning Rossiyaga qarşi sanksiyalari aks samara beradi, dedi Vladimir Putin Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda. U AQŞ rahbariyati sanksiyalardan ma'no yöqligini anglab yetişiga umid bildirdi.

«Gap nafaqat Qöşma Ştatlar prezidentining, balki isteblişment deb ataluvçi boşqaruvçi sinfning pozitsiyasida hamdir. Umid qilamanki, qaçondir amerikalik hamkorlarimiz bu siyosat istiqbolga ega emasligini anglab yetişadi va biz me'yordagidek hamkorlikni boşlaymiz», — dedi Rossiya prezidenti.

Donald Tramp bilan Xelsinkida bölib ötgan uçraşuv haqidagi savolga javob berarkan, Putin yana bir bor ikki davlat rahbarlari barça bahsli masalalarni hal qila olişmagan bölsa-da, bu uçraşuvni foydali deb hisoblaşini ta'kidladi.

«Ikki soatlik suhbat davomida bahsli deb hisoblangan barça masalalarni hal qilişimizni heç kim kutmagandi ham... Prezident Tramp bu masalalar böyiça öz nuqtai nazarini aytdi, men ham öz nuqtai nazarimni aytdim. Ammo fikr almaşiş, töğridan-töğri muloqot har doim juda foydali», — deya Putinning sözlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hukumat AQŞning yangi sanksiyalarining Rossiya iqtisodiyotiga ta'sirini bartaraf etişga tayyorligini bildirgandi. Uning sözlariga köra, vazirlar mahkamasi navbatdagi sanksiyalarning salbiy ta'siridan saqlaniş imkonini beruvçi tadbirlar rejasini tayyorlab qöygan. 

«Elektronika sohasida oliş imkoni bölmaydigan tarkibiy qismlarni özimizniki bilan almaştiramiz, yetişmaydiganlarini Janubi-Şarqiy Osiyo bozorlaridan olib kelamiz, bu bozorlar biz uçun oçiq», — dedi u.

AQŞning yangi sanksiyalar paketini joriy etişning birinçi bosqiçi 22 avgustga möljallangandi. Navbatdagi çeklov çoralari «Skripallar işi» — Buyuk Britaniyada Rossiya razvedka boş boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizining zaharlanişi bilan boğliq. AQŞ va uning ittifoqçilari bu işda Kremlni ayblamoqda. Sanktsiyalarning birinçi bosqiçida Rossiyaga elektronika, xususan, aviatsiyada foydalaniladigan tarkibiy qismlar eksportini taqiqlaşni közda tutadi.